Texnik mexanika fanining asosiy vazifalari ilmiy va ilmiy texnik masalalarini yechishdan iborat.
Mazkur elektron platforma texnik mexanika fanini o‘qitish va o‘rganishni raqamli muhitda samarali tashkil etishga mo‘ljallangan. Platforma nazariy ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, masalalar yechimi, testlar va interaktiv materiallarni o‘z ichiga olib, talabalarning mustaqil ta’limini qo‘llab-quvvatlaydi hamda bilimlarni baholash va monitoring qilish imkonini beradi.
Bu elektron platformada "Texnik mexanik" fanidan elektron ma'lumotlardan foydalanishingiz mumkin!
Mustapaqulov Sodiq Ungiboyevich 1989-yil 12-sentabrda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida tug‘ilgan. 1996–2007-yillarda Mirishkor tumanidagi 3-sonli o‘rta maktabda tahsil olgan. 2007–2011-yillarda Toshken davlat agrar universitetida tahsil olib, bakalavr darajasini olgan. 2012–2014-yillarda Toshkent davlat texnika universitetda magistraturada o‘qib, magistr darajasiga ega bo‘lgan.
Mustapaqulov S.U. 2016-yildan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasida assistent lavozimida faoliyat boshlagan. 2025-yildan esa Qarshi davlat texnika universitetida "Umumtexnik fanlar" kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
U bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Umumtexnika fanlari” kafedrasida o‘qitiladigan fanlarni zamonaviy o‘qitish usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda multimedia ta’lim resurslaridan foydalangan holda olib boradi. Ma’ruza, amaliy va grafik topshiriqlarni zamonaviy metodlar asosida tashkil etadi.